Bilasizmi?

O‘zbekistonda maishiy texnika narxlari oshib ketdi

O‘zbekiston Markaziy banki iyulda nooziq-ovqat mahsulotlari narxi qimmatlashganini qayd etdi.

Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shu yilning 1 iyulidan boshlab qo‘shni davlatlardan bojxona orqali olib kelinayotgan tovarlarning miqdori qisqardi hamda chegaralandi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, yangi tartibning joriy etilishi maishiy texnika narxi o‘sishiga ta’sir qilgan. Xususan, dazmollar 3,1 foiz, elektr choynaklar 2,4 foiz, changyutkichlar 1,1foizga qimmatlashgan.