O‘zbekistonda yil oxiriga qadar jinoiy ishlarni elektron formatda ko‘rib chiqish bo‘yicha pilot loyiha ishga tushadi.
Bugungi kunda respublikaja minglab jinoiy ishlar olib borilmoqda. Bu millionlab varaq qog‘oz degani. Undan tashqari jinoiy ishlarda, xato bo‘lishi mumkin, ular to‘liq yoki qisman yo‘qolib qolishi ham mumkin. Mana shunday xato va maxinatsiyalar bo‘lmasligi uchun mutaxassislar 2018 yilning 1 dekabriga qadar Toshkent shahrining Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida “Elektron jinoiy ish” tizimini sinov tariqasida ishga tushirishni maslahat berishmoqda.
Elektron jinoiy ish tizimida jinoiy ishlar elektron ko‘rinishda olib boriladi. Tergov-qidiruv, prokuratura va sud organlari orasida axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Undan tashqari yangi tizim jismoniy va yuridik shaxslarning tergov-qidiruv, prokuratura va sud organlari bilan Internet orqali aloqa o‘rnatishni ham nazarda tutgan.
Boshqa yangiliklar qatorida – jinoiy ish olib borish jarayonida hujjatlarning yagona ko‘rinishini yaratish, turli protsessual jarayonlarni soddalashtirish hamda ortiqcha amaliyotlarni istisno qilishni nazarda tutgan.
Dastlabki bosqichda ishlar ham qog‘ozda ham elektron ko‘rinishda olib boriladi. Pilot loyiha 2019 yilning 1 oktyabri qadar olib boriladi va uning natijalariga ko‘ra Jinoiy-protsessual qonunchiligiga kerakli o‘zgarishlar kiritiladi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, yangi tizim foto, video va tovush ko‘rinishidagi guvohliklarni ishga biriktirish imkonini beradi va jinoiy ishlar ko‘rib chiqish sifatini oshiradi. Shu bilan birga tergovchi, prokuror va sudyalar xatolari ehtimolligini kamaytiradi.