Bilasizmi?

O‘zbekistonda ilk bor «Fuqarolar uchun byudjet—2018» nashri chop etiladi

Joriy yildan boshlab O‘zbekistonda «Fuqarolar uchun byudjet — 2018» nashri chop etiladigan bo‘ldi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar bermoqda.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarni byudjet tizimi, 2018 yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini shakllantirish va ularning parametrlari haqida keng xabardor qilishdir.

Shu bilan birga, mazkur nashr byudjet siyosati maqsadlari va ustuvorliklarini yaxshiroq tushunishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolarni byudjetni muhokama qilish va uning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish jarayoniga jalb qilishga yordam beradi.

«Fuqarolar uchun byudjet—2018» nashri yaqin kunlarda rasman taqdim etiladi.

Ushbu nashr Moliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tayyorlangan.