Bilasizmi?

O‘zbekistonda dollarning yangi rasmiy kursi belgilandi. So‘m mustahkamlanib bormoqda

Markaziy bank 19 iyundan e’tiboran xorijiy valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 25,38 so‘mga kamayib, 7 883,99 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi esa 155,21 so‘mga pasayib, 9 150,95 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 124,89 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.