O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 19 sentyabr sanasidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymati e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 14 so‘m 65 tiyinga tushib, 8077 so‘m 48 tiyinni tashkil qildi. 1 yevro qiymati esa 75,52 so‘mga tushib, 9646 so‘m 13 tiyin deb belgilandi.
1 Rossiya rubli esa 140.20 so‘m etib belgilandi, bu o‘tgan haftaga nisbatan 0.99 so‘mga kamdir. 1 funt sterling 318.34 so‘mga oshib, 10979 so‘m 72 tiyinni tashkil qildi.
Eslatib o‘tish kerak, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.