Bilasizmi?

O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda

O‘zbekistonda dollarning milliy valyutaga nisbatan kursi o‘sishda davom etmoqda.

20 sentyabr kuni valyuta birjasidagi savdolar yakunlari bo‘yicha dollar kursi 10 so‘mga ko‘tarildi va 8 088 so‘mni tashkil etdi.

Tijorat banklarida dollar kursi 8 100 so‘mni tashkil etdi.

Kun.uz manbalari ma’lumotiga ko‘ra, ko‘plab tijorat banklarida dollar 8 120 so‘mdan sotib olinmoqda, 8 180-8 200 so‘mdan sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17 sentyabr kuni Markaziy bank tomonidan chet el valyutalarining so‘mga nisbatan yangi kurslari belgilandi.

O‘shanda AQSh dollari 176,83 so‘mga qimmatlashdi va 8039,00 so‘mni tashkil etdi.