O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram kanali.
Qarorga muvofiq:
— loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha vakolatli organ qilib belgilandi;
— kripto-aktivlar sohasida mayning, smart-kontraktlar, «blokcheyn» texnologiyalari joriy qilinadi;
— "blokcheyn" texnologiyalarini ishlab chiqish va foydalanish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi;
— jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi kripto-aktivlar aylanmasi va ulardan olingan daromadlar soliqqa solish ob’yektlari bo‘lib hisoblanmaydi.