Bilasizmi?

O‘zbekistonda banklar faoliyati to‘g‘risida qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portaliga "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

"O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi Markaziy bank va banklardan tashkil topadi", — deyiladi "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasi 3-moddasida.

Qonun loyihasida banklarni ro‘yxatga olish, ular tomonidan litsenziya berish qoidalari, Markaziy bank tomonidan beriladigan ruxsatnomalar, shuningdek bank faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan masalalar ko‘rsatilgan.

Qonun loyihasining 57-moddasida Markaziy bank tomonidan qonunchilik talablari asosida banklar faoliyati ustidan nazoratni tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.

Ushbu loyiha 30 iyul kuniga qadar muhokama qilinadi. Qonun loyihasi 6 bob, 57 moddadan iborat.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonun 1996 yil 25 aprelda qabul qilingandi. Shunday qilib, yangi tahrirdagi qonun amaldagidan 13 ta moddaga ko‘p bo‘lishi mumkin.