2018 yilning 27 iyul kuni AQShda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vashington shahrida AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Jon Sallivan bilan uchrashdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Uchrashuvda turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ma’lum qilinishicha, suhbatda shu yilning kuzida O‘zbekistonda AQSh bipnes haftaligini o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.
Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari AQSh ma’muriyati nomidan Afg‘onistondagi tinchlik jarayoni ta’minlash va ushbu davlat xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa’y-harakatlari uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi.