Bilasizmi?

O‘zbekistonda 5 oy davomida eng ko‘p uylar qurilgan hududlar ma’lum bo‘ldi

2018 yil 5 oy davomida eng ko‘p uylar Navoiy viloyatida qurildi, deb xabar qildi “Novosti Uzbekistana” nashri.

2018 yilda qurilish ishlar hajmi 13,1 foizga ko‘paydi. Eng ko‘p uylar Navoiy viloyatida (27,5 foiz), Toshkent viloyatida (12,0 foiz) hamda Toshkent shaharda (9,6 )foiz qurildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Andijon viloyatlarida yanvar-mayda 7,5 foiz va 5,1 foizga yaqin imoratlar barpo etildi.

Shu o‘rinda 2017 yil yanvar-aprel oylarida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yangi qurilgan uylarning soni 5,5 foiz va 6,7 foizga kamaydi, Buxoro viloyatida esa keskin (22,8 foiz) kamayish kuzatildi.

Bino va inshootlarni qurilishi bo‘yicha 2017 yilning mos davri bilan solishtirilganda jami 18,1 foizga yoki 10,5 trillion so‘mgacha, fuqarolik ob’yektlar esa 1,7 foizga yoki 1,3 trillion so‘mgacha ko‘paydi.

Yil boshidan respublikada qurilish uchun 13,1 trillion so‘m sarflandi.

Eslatib o‘tamiz, Moliya vazirligi aprelda davlat byudjeti e’lon qilingandi. Unga ko‘ra shu yilda respublikada ikki baravar ko‘p uylar qurish rejalashtirilgan. Shulardan 40 dan ortiq binolar harbiy xizmatchilarning oilalari uchun ajratiladi, bu qurilish uchun 2 trillion so‘m mablag‘ sarflanadi.