2018 yil yanvar-aprelda O‘zbekiston importi eksportdan 20 foizga ortib ketdi, deb xabar qildi “O‘zbekiston yangiliklari” portali.
Ushbu davr mobaynida tashqi savdo aylanmasi 11,3 milliard dollarni tashkil qildi. Shunda import 6,3 milliard dollar, eksport esa 5 milliard dollarni tashkil qildi. Tashqi savdo saldosi minus 1,3 million, shulardan MDH davlatlari bilan minus 835 million dollarni tashkil qildi.
Eksportning umumiy ulushi bo‘yicha qaralsa, energiya resurslar va neft mahsulotlar - 14,4 foiz, kimyoviy mahsulotlar – 6,2 foiz, qora va rangli metallar – 5,3 foiz, paxta va tola – 2,7 foiz, jihozlar va mashinalar – 1,6 foizni tashkil qildi.
MDHda O‘zbekistonning asosiy sheriklari – Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Belarus, Tojikiston va Qirg‘iziston. Boshqa davlatlar – Xitoy, Koreya, Turkiya, Germaniya, Eron, Latviya va Fransiya.
Bundan avval Tashqi savdo vazirligi Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Yevropa ittifoqi Kengashi ishchi guruhi bilan uchrashuv natijalari haqida xabar qilgandik. O‘zbekiston Yevropa tashkilotidan qo‘shimcha savdo imtiyozlarini qo‘lga kiritmoqchi.