Bilasizmi?

O‘zbekistonda 23 yashar talaba rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Vestminster universiteti talabasi Saidakbarxon Akbarov Davlat turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi, deb xabar qildi ushbu qo‘mita axborot xizmati.

Xabar qilinishicha, 29 iyun kuni Olmazor tumanidagi yig‘ilish chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev uning nomzodini shu lavozimga taklif qilgan.

Akbarov yig‘ilishdagi o‘z chiqishida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar bergandi.

Akbarov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining 4-bosqich talabasi sanaladi, biznes boshqaruvi fakultetida tahsil oladi.

“Yosh bo‘lishiga qaramay, u ta’lim va malaka oshirish sohasida tadbirkorlik faoliyati tajribasiga ega. Bu Yoshlar ittifoqining yosh tadbirkorlari tarkibiga kiradi”, - deyiladi xabarda.

2013 - 2018 yillarda ta’lim markazlari tarmog‘ini boshqargan. Shuningdek, u ITB fondidan sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha tanlovda ishtirok etgan onlayn ta’lim dasturini ishlab chiqish bilan shug‘ullangan. Germaniyada o‘tkazilgan BMT xalqaro konferensiyalarida ishtirok etgan.

Davlat turizm qo‘mitasida Akbarov yoshlar turizmini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va smart turizmni joriy etish, shuningdek, ushbu sohada ta’lim xizmatlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi.