Bilasizmi?

O‘zbekiston yangi Soliq kodeksi 2019 yil 1 yanvaridan kuchga kiradi

Turli ekspertlar tomonidan bildirilgan ko‘plab fikrlar va bir necha oy davom etgan muhokamalardan so‘ng O‘zbekiston yangi soliq tizimini ishlab chiqish haqida prezident farmoni imzolandi.

Prezident farmonida aytilishiga ko‘ra, 2019 yilning birinchi yanvaridan boshlab kuchga kirdaigan O‘zbekiston yangi Soliq Kodeksi quyidagi muhim o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘ladi:

Mehnat solig‘i kamaytiriladi

Barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasi — 12 % miqdorida joriy etiladi, undan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo‘naltiriladi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor qilinadi.

Yagona ijtimoiy to‘lov miqdori davlat korxonalari va ustav kapitalining 50 %dan ortig‘i davlatga tegishli bo‘lgan tashkilotlar uchun 25 %, qolgan yuridik shaxslar uchun pasaytirilgan 12-15 % stavka miqdorida belgilanadi.

Yalpi tushumdan olinadigan soliqlar bekor qilinadi

Yalpi tushumdan yoki aylanma kapitaldan  olinadigan soliqlar, xususan, davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning aylanmasidan undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilinadi;

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 12-14 %gacha, tijorat banklari uchun 20-22 % gacha pasaytiriladi. Mobil aloqa kompaniyalari uchun, qo‘shimcha foyda solig‘i bekor qilgan holda 14 — 20 % soliq solinadi;

dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlardan olinadigan foyda solig‘i 5-10 % miqdorida belgilandai (pasaytiriladi);

Yalpi tushumi 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida shunga yetgan korxonalar  umumbelgilangan soliq to‘lashga tizimiga o‘tkaziladi.

barcha tadbirkorlik sub’yektlari, uchun yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etiladi;

Soddalashtirilgan tartibda soliq to‘lovchilar qo‘shimcha soliqlar to‘lashi kerak bo‘ladi

yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun aylanmadan  soliqni 4 % miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va to‘lash tartibini hamda ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash imkoniyatini belgilanadi;

yagona yer solig‘i to‘lovchilari uchun amaldagi soliq solish tartibini saqlab qolinadi;

Qo‘shilgan qiymat va aksiz soliqlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar kamaytiriladi

qo‘shilgan qiymat solig‘ini 20 % stavkasi saqlab qolinadi va uni to‘liq hisobga olish tizimini joriy qilinadi. Soliq solish bazasini aniqlashtirilib imtiyozlar sonini kamaytiriladi;

asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan ob’yektlar va nomoddiy aktivlar narxiga kiritiladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish summalariga kiritish huquqini beriladi;

alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning xar bir ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga o‘rnatilgan aksiz va yig‘imlarni birlashtiriladi.

Soliq imtiyozlarni bekor qilish bo‘yicha komissiya tuziladi

Yangilangan ishchi komissiya, 2018 yil 1 noyabrga qadar samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini bekor qiladi;

Ushbu komissiya Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq doimiy amalda bo‘ladigan imtiyozlarini taqdim etish tartibini joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

O‘zbekiston Respublikasining yangi ishlab chiqiladigan Soliq kodeksi Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va boshqa tashkilotlar ekspertlari ishtirokida ishlab chiqariladi hamda keng jamoatchilik tomonidan muhokamaga chiqariladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan ushbu farmonning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.