Bilasizmi?

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida xorijiy fuqarolarni qabul qilish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidaO‘zbekiston Respublikasi prezidentining2018 yil 5 iyundagi «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qaroriga binoan Akademiya ta’lim jarayoniga xorijiy mamlakatlar fuqarolari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish uchun belgilangan tartibga muvofiq tuzilgan Maxsus komissiya chet ellik abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazmoqda. Bugungi kunga kelib, Rossiya, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan fuqarolar o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish uchun suhbatdan o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, ayni paytda xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘qishga kirishi uchun arizalarni qabul qilish va Maxsus komissiya tomonidan suhbatdan o‘tkazish jarayoni davom etmoqda.

Xorijiy talabalar Akademiyaga suhbat asosida qabul qilinadi. Akademiyada ta’lim olish istagida bo‘lgan xorijiy fuqarolar batafsil ma’lumot olish uchun [email protected]elektron manzili va +99871 244 95 93 telefon raqami orqali Xalqaro aloqalar va Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi «Diniy- ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Akademiyaning oldiga Qur’on ilmlari, hadisi sharif, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, islom tarixi, manbashunosligi va falsafasi kabi diniy ta’lim yo‘nalishlari, dinshunoslik, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar, ziyorat turizmi hamda mumtoz sharq adabiyoti singari dunyoviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavrlar va magistrlar, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.