Dollar birjada haftani 7791 so‘m, yevro esa - 9301 so‘mlik ko‘rsatkichda yakunlamoqda. Bundan Respublika valyuta birjasi ma’lumotlari darak beryapti, deb yozadi Kun.uz.
So‘m o‘tgan hafta davomida AQSh valyutasiga nisbatan 2 so‘mga, mustahkamlandi, yevroga nisbatan 101 so‘mga tushib ketdi.
So‘m bu ikki valyutaga nisbatan Markaziy bank kursi bo‘yicha ham pasaydi - dollar 1,5 so‘mga, yevro - 27,5 so‘mga qimmatlashdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda dollar kursi aprel oyidan beri birinchi marta o‘sgani xabar berilgandi.