Bilasizmi?

O‘zbekiston vakili ShHT bosh kotibi bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va hududlararo izlanishlar instituti direktori Vladimir Norov Shanxay hamkorligi tashkiloti Bosh kotibi bo‘lib saylanishi mumkin. Pekinda seshanba kuni ShHT mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi bo‘lib o‘tdi.

"ShHT tashqi ishlar vazirlari Kengashida Vladimir Imamovchi Norov (O‘zbekiston Respublikasi) nomzodini 2019 yilning 1 yanvaridan 2021 yilning 31 dekabrigacha bo‘lgan muddatga, ShHT Bosh kotibi lavozimiga tasdiqlash masalasini qo‘yldi", — deyilgan majlisning yakuniy xabarida.

Vladimir Norov 2017 yilning may oyidan buyon Xavfsizlik Kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Undan oldin Norov O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi vakili lavozimida, shuningdek Germaniya, Shveysariya, Polsha, Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburgda O‘zbekiston elchisi lavozimlarida ishlab kelgan.

Vladimir Norov yuridik fanlar nomzodi va "Mexnat shuhrati" ordeni laureati.