Bilasizmi?

O‘zbekiston va Turkiya mehnat migrantlarini himoya qilish to‘g‘risida bitim imzoladi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida "Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" Bitim imzolandi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bitim O‘zbekistonning Turkiyadagi hamda Turkiyaning O‘zbekistondagi fuqarolari fuqarolari bo‘lgan mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni tartibga soladi.

"Ushbu Bitimga muvofiq mehnat migrantlarini qabul qiluvchi davlatning hududida ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiq ishlashi mumkin", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, tomonlar o‘z mamlakatlaridagi migratsiya oqimlarini tartibga solishda yordam berishadi va o‘z mamlakatlarida noqonuniy mehnat migratsiyasini to‘xtatish uchun hamkorlik qilishadi.

Bitimning bajarilishiga O‘zbekiston tomondan Bandlik va mehnat munosabatlari, Ichki ishlar vazirliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Turkiya tomondan Mehnat va ijtimoiy ta’minot va Ichki ishlar vazirliklari mas’ul bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyidan O‘zbekiston Turkiyaga mehnat migrantlarini tashkiliy jo‘natishni yo‘lga qo‘ydi. Bu Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Turkiyaning Tayga group kompaniyasi o‘rtasidagi shartnomaga asosan amalga oshirilmoqda.