O‘tgan yilda O‘zbekiston Ukrainada 2 mingdan ortiq o‘qotar qurol sotib olgan, deb xabar qilmoqda Ukraina Eksport nazorati xizmati.
“2017 yilda Ukraina AQSh, O‘zbekiston, Iordaniya, Mo‘g‘uliston va Turkiyaga 17 mingdan ortiq o‘qotar qurol hamda 800dan ortiq yengil qurol-aslaha yetkazib berdi”, - deyilgan Ukraina muassasasi hisobotida.
O‘zbekistonga 2000 ta avtomat va pistolet-pulemyot yetkazib berilgan. Ukrainadan eng ko‘p miqdorda qurol-aslaha sotib olgan mamlakat AQSh bo‘lgan. Okean orti mamlakati 10040 ta avtomat va pistolet-pulemyotlar, 790 ta tankka qarshi vintovka va granatomyotlar sotib olgan.
Shuningdek, Turkiyaga 3 ta zenit-raketa qurilmasi, Mo‘g‘ulistonga – 10 ta vintovka, Iordaniyaga – 22 ta tankka qarshi vintovka, 2 ta qo‘l granatomyoti va bitta pistolet yetkazib berilgan.