O‘zbekiston avgust oyida Tojikistondan 382 million kilovatt-soat elektr energiya sotib oldi. Bir oy avval esa bu ko‘rsatkich 417 million kilovatt-soatga teng bo‘lgandi.
Joriy yil avgust oyida Tojikiston qo‘shnilariga umumiy 595 million kilovatt-soat elektr sotgan. Bu iyul oyiga nisbatan 22 million kilovatt-soatga kam. Elektr eksportining qisqarishi O‘zbekistonga sotilgan energiyaning 35 million kilovatt-soatga kamaygani bilan bog‘liq.
Avgust oyida Tojikiston Qirg‘izistonga 12,4 million kilovatt-soat elektr energiya sotgan. Afg‘onistonga oldin bo‘lganidek 200 million kilovatt-soatdan biroz ko‘proq elektr energiya eksport qilingan.
Ma’lumot uchun, elektr energiya kompaniyalari bilan erishilgan kelishuvga binoan O‘zbekiston 1 kilovatt tojik elektrini 2 amerika sentiga sotib oladi. Afg‘onistonga esa elektr 4,1 amerika tushadi.