Bilasizmi?

O‘zbekiston Tojikistonda yangi maktab quradi

O‘zbekiston So‘g‘d viloyatida yangi umumta’lim maktabini qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “So‘g‘d” axborot agentligi.

Xabarda aytilishicha, 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab Spitamen tumanida barpo etiladi. Bu haqdagi bitim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshirgan tashrifi davomida imzolangan.

“Spitamen tumani ma’muriyati o‘zbekistonlik mutaxassislarga qurilish uchun bir nechta joy taklif etilgan. Ammo hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan”, - deyiladi xabarda.