Bilasizmi?

O‘zbekiston Tojikiston bilan 130 mln dollarlik shartnoma imzoladi

16 avgust kuni O‘zbekiston va Tojikiston ishchi doiralari biznes-forumda ishtirok etishdi. «Kommersant» nashrida qayd etilishicha, muzokaralar yakuniga ko‘ra umumiy miqdori 133,2 mln dollarlik hujjatlar paketi imzolangan, deb yozmoqda Kun.uz.

Tomonlar neft va gaz, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, qurilish va boshqa sohalarga doir kelishuvlarga erishishgan.

17 avgust kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon "Tojikistonda ishlab chiqarilgan" ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi va mamlakat ishlab chiqaruvchi korxona hamda kompaniyalari yutuqlarining namunalari bilan tanishishdi.

Mazkur ko‘rgazmada Tojikistonning 100 dan ortiq yirik sanoat korxonalari ishtirok etdi: «Talko Grup», «Gayur sement» va «Moxir sement», «Faroz», «Shiri Dushanbe», «Angisht» va «Namaki Asht va Xodjmumin», «Kolinxoi Kayrokkum», «Amiri», «Makolli», «Obi zulol» va boshqalar shular jumlasidandir.