Bilasizmi?

O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvni 23 mart kuni o‘tkazadi

Futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon Chempionati Rossiyada o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Ayni vaqtda mazkur chempionatning saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Saralash bosqichlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 23 mart kuni Malayziyada navbatdagi o‘yinda suriyalik futbolchilarga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.

JCh-2018 turniri “A” guruhi 6-turi doirasidagi O‘zbekiston-Suriya o‘yinini BAAdan hakamlar guruhi boshqarishi tasdiqlandi. Bosh hakam Abdulla Muhammad Hasan bo‘lsa, unga qanotlarda Muhammad al-Hammadiy va Hasan al-Mahriy yordam beradi. To‘rtinchi hakam – Ahmad Hamis al-Naqbiy.

Fursatdan foydalanib, 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da o‘tkaziladigan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasiga omad va muvaffaqiyat tilaymiz. Ayni vaqtda O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 turniri saralash bosqichining 5-turidan so‘ng 9 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Suriya esa 5 ochko bilan 4-qatordan joy olgan.

Durdona Rasulova