O‘zbekiston sapyorlari 1 sentyabrdan Podmoskovedagi xalqaro minaga qarshi markazda o‘qishni boshlaydi, deb yozadi Daryo.uz. Shuningdek, Armaniston, Belarus va Qozog‘iston harbiy xizmatchilari ham o‘qitiladi.
«Suriyada vazifalarni bajarish tajribasini hisobga olib, minaga qarshi markazda chet ellik harbiy xizmatchilarni gumanitar minasizlantirish sohasida tayyorlash uchun o‘quv-moddiy baza ob’yektlari yaratildi. 2018 yilning 1 sentyabridan Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari harbiy xizmatchilarini o‘qitish rejalashtirilgan», — deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi xabarida.
Idoradagilar ta’kidlashicha, ayni vaqtgacha markazda ushbu respublikalardan kelgan 50 dan ortiq harbiy xizmatchilar o‘qitilgan.