Bilasizmi?

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi yilning I choragida 417 mln dollarga o‘sdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi joriy yilning I choragida 28,1 mlrd dollardan 28,5 mlrd dollargacha oshdi (417 mln dollarga o‘sish). Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Naqd xorijiy valyuta va depozitlarning umumiy miqdori 466,4 mln dollarga oshdi, undan 384,5 mln dollar, asosan, qimmatbaho metallar sotuvi hamda 82 mln doll. valyutalar kursining ijobiy hisobiga oshdi.

Oltin ko‘rinishidagi rezerv aktivlarining qiymati oltinning jahon bozoridagi qiymati ortishi oqibatida 296,6 mln dollarga o‘sdi.

Rezerv aktivlarining 354 mln dollar miqdoridagi boshqa o‘zgarishlari oltinning sotib olinishi va sotilishi o‘rtasidagi farq natijasidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 1,3 mlrd dollarlik oltin eksport qilgani xabar berilgandi.