O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida Tehron shahrida Eron termasi bilan to‘qnash keladi. Undan avval esa terma jamoa Toshkentda Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqda The-uff.com yozmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bo‘lajak o‘yinlarga 28 futbolchini jalb qildi. Quyida ular bilan tanishing:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”);
Himoyachilar: Stanislav Andreyev (“Paxtakor”), Farrux Sayfiyev (“Nasaf”), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy), Yegor Krimets (“Beyjing Goan”, Xitoy), Islomjon Qobilov (“Metallurg”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”);
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”), Server Jeparov (“Istiqlol”, Eron), Javohir Siddiqov (“Qo‘qon-1912”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar), Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Fozil Musayev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Azizjon G‘aniyev (“Nasaf”), Vadim Afonin (“Orenburg”, Rossiya), Odil Hamrobekov (“Nasaf”);
Hujumchilar: Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog‘iston).
O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar himoyachisi – Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv” Toshkent), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva) hamda Aleksandr Merzlyakov (“Qo‘qon-1912”) klub mashg‘ulotlarida orttirib olgan jarohatlari tufayli Tailand va Eronga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentda Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bellashuv “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Eronga qarshi uchrashuv esa 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O‘zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.