Bilasizmi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor Afrika qit’asi termasini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Burkina-Faso ustidan zafar quchdi — 1:0. Uchrashuvdagi yagona gol O‘zbekistonning Xitoy Super Ligasida to‘p suradigan himoyachisi Yegor Krimets tomonidan kiritildi.

24 avgust kuni «Paxtakor» stadioni mezbonlik qilgan bellashuvda Odil Ahmedov, Sardor Rashidov, Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov, Server Jeparov, Islom To‘xtaxo‘jayev kabi futbolchilar ishtirok etmadi.

Daryo.Uz'ning yozishicha, Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 1 sentyabr kuni Suriyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan JCh—2018 3-saralash bosqichidagi o‘yin oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi kerak edi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bunga qadar Afrika qit’asi termasiga qarshi ikki o‘yinda maydonga tushib, har ikkisida ham Nigeriyaga imkoniyatni boy bergandi — 2:3 va 0:1. Burkina-Faso ustidan qozonilgan g‘alaba bu borada birinchisi bo‘ldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi 24 avgust, chorshanba

O‘zbekiston — Burkina-Faso 1:0

Gol: Yegor Krimets, 40 (1:0). Chetlatish: Aziz Haydarov, 71 (O‘).

O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov — Davron Hoshimov, Yegor Krimets (Azim Ahmedov, 46), Anzur Ismoilov (Otabek Shukurov, 66), Stanislav Andreyev, Aziz Haydarov, Javohir Sohibov, Jamshid Iskanderov (Salamat Qutiboyev, 75), Jasur Hasanov (Zohid Abdullayev, 46), Eldor Shomurodov (Doston Hamdamov, 75), Igor Sergeyev (Marat Bikmayev, 69).

Burkina-Faso: Zongo Ayme —Kayenbe Xernan (Armand Duyedraogo, 65), Zagre Ismayel, Tapsoba, Yakuba Kulibali, Barro Yussuf, Amadu Ture (Suleymane Skande, 65), Sibiri Sanou, Abdul Karim Baguian, Cheyk Ibrahim (Razak Benin, 65), Ismoil Lingani (Hassimi Barri, 49).