Bilasizmi?

O‘zbekiston Markaziy banki dollarning yangi rasmiy kursini belgiladi

Markaziy bank AQSh dollari narxining so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi va unga ko‘ra dollarning narxida yana pasayish kuzatildi.

1 AQSh dollarining narxi 2018 yilning 7 iyun kunidan boshlab 7944.07 so‘mni tashkil etib, bir hafta oldingi narxga qaraganda 38.18 so‘mga arzonlashdi.

Yevroning narxi esa 36.53 so‘mga pasayib, 9262.79 so‘mni tashkil etdi. Faqatgina rubl narxi ko‘tarildi. 1 rubl 127.73 so‘mni tashkil qilgani belgilandi. Bunda rubl bir hafta oldingi narxga nisbatan 0.16 so‘mga qimmatladi.