1 fevral kuni O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi (O‘FF) anjumanlar zalida O‘zbekiston Kubogi yangi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
2017 yilgi O‘zbekiston Kubogi o‘yinlari mart oyida saralash bosqichidan start oladi. Musobaqaning 1/16 finaliga Birinchi Ligadan yo‘llanma oladigan klublar aniqlanadi. Raqiblar mintaqaviy prinsipga muvofiq aniqlanadi va qur’a natijalariga ko‘ra to‘r (setka)ning yuqori qismidan o‘rin olgan jamoa mazkur bosqichda mezbon sifatida harakat qiladi. Bu haqda Darakchi.uz yozmoqda.
Ikkinchi bosqich, ya’ni, 1/16 finalida Oliy Liga va Birinchi Liga jamoalari, shuningdek, dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan Birinchi Liga jamoalari ishtirok etadi. Qur’aga ko‘ra, mazkur bosqichda ishtirok etadigan jamoalar 1–14 setkadagi o‘z o‘rinlariga ega bo‘ldi. 2016 yilgi O‘zbekiston chempioni – “Lokomotiv” PFK hamda kumush medal sohibi “Bunyodkor” klublari turnirga 1/8 final bosqichidan qo‘shilishlari bois, mazkur bosqichda ishtirok etmaydi.
Ushbu bosqich o‘yinlari bir o‘yindan iborat va bu bosqichda to‘r (setka)ning yuqori qismidan o‘rin olgan jamoalar, ya’ni, Birinchi Liga jamoalari mezbonlik qiladi.
Ta’kidlash joiz, dastlabki ikki bosqich o‘yinlari asosiy vaqtda durang bilan yakunlansa, reglamentga binoan tanaffussiz 15 daqiqadan iborat ikkita qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi. Asosiy va qo‘shimcha vaqt orasidagi tanaffus 5 daqiqadan oshmasligi kerak. Agar qo‘shimcha vaqtda ham durang natija qayd etilsa, u holda g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadi.
Musobaqaning 1/8 finalida 1/16 final g‘oliblari, qur’aga ko‘ra to‘r(setka)ning ikki qismidan joy olgan “Lokomotiv” PFK, “Bunyodkor” PFK klublari ham o‘z ishtirokini aynan ushbu bosqichdan boshlaydilar. Ta’kidlash joiz, “Lokomotiv” PFK setkaning I qismidan o‘rin olgan bo‘lsa, “Bunyodkor” PFK setkaning II qismidan o‘rin oldi. Ushbu bosqich o‘yinlari ikki o‘yindan iborat tarzda o‘tadi va dastlabki o‘yinga turnir setkasining yuqorisidan o‘rin olgan klublar mezbonlik qiladi.
Chorak finalda 1/8 final g‘oliblari ishtirok etadi. Juftlik g‘oliblari ikki o‘yin natijasiga ko‘ra aniqlanadilar. Uy-safar tartibi qur’aga ko‘ra aniqlanadi.
1/2 finalda chorak final g‘oliblari uchrashadi. G‘olib ikki o‘yin natijasiga ko‘ra aniqlanadi va dastlabki o‘yinga qaysi jamoa mezbonlik qilishi qur’aga ko‘ra aniqlanadi.
O‘zbekiston Kubogi–2017.
Saralash bosqichi. 19 mart
“G‘allakor-Barsa (G‘allaorol) – “Neftchi” (Jarqo‘rg‘on)
“Istiqlol” (Farg‘ona) – “Yangiyer” (Yangiyer)
1/16 final. 24-25 mart
“Norin” (Xaqqulobod) – “Qizilqum” (Navoiy)
“Orol” (Nukus) – “So‘g‘diyona” (Jizzax)
“O‘z-Dong-Ju” (Andijon) – “Buxoro” (Buxoro)
“G‘allakor-Barsa” – “Neftchi” juftligi g‘olibi – “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon)
“NBU-Osiyo” (Toshkent) – “Metallurg” (Bekobod)
“Nurafshon” (Buxoro) – “Paxtakor” (Toshkent)
“Lokomotiv-BFK” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)
“Zomin” (Zomin) – “Dinamo” (Samarqand)
“Sementchi” (Quvasoy) – “Olmaliq” (Olmaliq)
“Yozyovon-Lochinlari” (Yozyovon) – “Obod” (Toshkent)
“Istiqlol” – “Yangiyer” juftligi g‘olibi – “Mash’al” (Muborak)
“Andijon” (Andijon) – “Neftchi” (Farg‘ona)
“Xorazm» (Urganch) – “Navbahor” (Namangan)
“Xotira-79” (Uychi) – “Sho‘rtan” (G‘uzor)
“Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” musobaqaga 1/8 finaldan qo‘shiladilar. Qur’aga ko‘ra “Lokomotiv” turnir setkasining yuqori qismidan o‘rin olgan bo‘lsa, “Bunyodkor” pastki qismdan o‘rin oldi.
1/8 final:
“Lokomotiv” – “Norin” – “Qizilqum” juftligi g‘olibi
“Bunyodkor” – “Xotira-79” – “Sho‘rtan” juftligi g‘olibi