Bilasizmi?

O‘zbekiston Kolumbiyaning o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish taklifiga rad javobini berdi

Kolumbiya terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha taklif bilan chiqdi, deb xabar berdi championat.asia.

“Kolumbiyaliklar JCh-2018 boshlanguniga qadar Yevropada O‘zbekiston bilan o‘ynashni istadi. Biroq O‘FA ushbu taklifga rad javobini berdi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, rad javobi berilishining bir qator sabablari bor.

O‘zbekiston terma jamoasi 8 iyun kuni Montevideo shahrida Urugvay bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Kolumbiya 12 iyun kuni Rossiyaning Qozon shahriga yetib borishi kerak.

“Terma jamoamiz Urugvaydan qaytib kelishiga vaqt juda kam edi. Bundan tashqari 10-12 iyun kunlari Superligada 15-tur bahslari bo‘lib o‘tadi”, - deyiladi xabarda.