Bilasizmi?

O‘zbekiston joriy yil birinchi choragida xorij mamlakatlariga 3,6 milliard dollarlik oltin sotdi

Joriy yil birinchi choragi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston eksportining asosiy yo‘nalishi oltin bo‘ldi: mamlakat Shveysariyaga umumiy qiymati 1,3 milliard dollar bo‘lgan oltin sotdi.

O‘zbekiston Markaziy bankiga ko‘ra, hisobot davrida eksport hajmi 2,9, import hajmi esa 3,6 milliard dollarni tashkil etdi.

Mahsulotlar eksporti umumiy hajmida ikkinchi o‘rinni tabiiy gaz egalladi. Oltin va gazning eksport jami summasidagi ulushi 61 foiziga teng bo‘ldi.

Shveysariya O‘zbekiston mahsulotlarining asosiy xaridoriga aylandi — tovar aylanmasining 49 foizi shu davlatga to‘g‘ri keldi. Keyingi o‘rinlarda Xitoy (15 foiz), Rossiya (13 foiz), Qozog‘iston (7 foiz), Turkiya (6 foiz) va Afg‘oniston (4 foiz) qayd etildi.

Importning umumiy hajmida neft va neft mahsulotlari (186,5 million dollar), dori-darmon (184,7 million dollar), ehtiyot qismlar va transport vositalari qismlari (141,9 million dollar), shakar va saxaroza (131, 6 million dollar), metall prokati (120,4 million dollar) va to‘qimachilik uskunalari (91,7 million dollar) egalladi.

Rossiya (26 foiz), Xitoy (23 foiz), Qozog‘iston (10 foiz), Janubiy Koreya (8 foiz), Turkiya (7 foiz), Litva (6 foiz) va Germaniya (5 foiz) O‘zbekistonga mahsulot yetkazib beruvchi asosiy davlatlar bo‘ldi.