Bilasizmi?

O‘zbekiston importi hajmi eksportdan 25 foizga oshdi

2018 yilning 7 oyida O‘zbekiston importi hajmi eksportdan 25 foizga oshdi, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qo‘mitasi.

Respublikaning umumiy tashqi oboroti hajmi 17,8 milliardni tashkil qilib o‘tgan yilga nisbatan 24,2 foizga oshdi. Shundan eksport hajmi 7,6 milliard va import hajmi 10,2 milliardni tashkil qildi.

“MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlanishga qaratilgan choralar natijasida, 2018 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston tashqi savdosida MDH mamlakatlari ulushi 38,5 foizni tashkil qildi", - deyilgan xabarda.

O‘zbekistonning eng yirik xorijiy hamkorlari Xitoy va Rossiyaligicha qolmoqda. Oxirgi yil davomida ayniqsa Rossiya bilan hamkorlik miqdori oshgani yaqqol kuzatilmoqda.