Bilasizmi?

O‘zbekiston importi eksportdan ko‘p

O‘zbekistonning 2018 yil yanvar - iyun oylari uchun tashqi savdo aylanmasi 17,7 milliard AQSh dollariga teng bo‘ldi. Shu jumladan – eksport 7,8 milliard dollar, import – 9,9 milliard dollarni tashkil qildi. Tashqi savdo saldosi minus 2,1 milliard dollarga teng, deb xabar bermoqda Kun.uz.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan energotashuvchi va neft mahsulotlari eksporti 78,5%ga oshgan. Shundan, tabiiy gaz eksporti 1,9 barobar, ximiya sanoati mahsulotlari 5,3%ga, plastmassa va undan ishlangan mahsulotlar eksporti 18,7%ga ko‘paygan.

Oziq-ovqat mahsulotlarining eksporti meva-sabzavotlar yetkazib berishning 73,4%ga ko‘payishi hisobiga 58,9 %ga oshgan.

Importning asosiy tarkibini mashina va uskunalar 33,8%, ximiya sanoati mahsulotlari 11,5 % tashkil qiladi.