"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Meksikaga charter qatnovini bajaradi, deb xabar qilmoqda aviakompaniya matbuot-xizmati.
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 2018-yil 30 iyun kuni Vnukovo-Mexiko yo‘nalishi bo‘ylab charter qatnovini amalga oshiradi", — deyiladi xabarda.
Parvoz Boeing-787 Dreamliner havo laynerida bajariladi.
Mazkur qatnovga Meksikaning futbol bo‘yicha milliy terma jamoasining ma’muriyati jamoa muxlislarini Moskvadan Mexiko shahriga tashish uchun buyurtma bergan.