Bilasizmi?

O‘zbekiston futbol federatsiyasi: Terma jamoaga xorijlik murabbiy olib kelinadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi xorijlik mutaxassis bo‘ladi. 12 sentyabr kuni O‘zbekiston futbol Federatsiyasiga Umid Ahmadjonov yangi prezident etib saylangan edi.

O‘FF matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekiston futbol federatsiyasi o‘z oldiga zudlik bilan hal qilinadigan vazifalarni belgilab olgan. Ulardan biri aynan O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyini tayinlashdir.

«Ayni paytda yangi rahbariyat milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlashda faqat xorijlik murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqmoqda», deyiladi O‘FF bayonotida.