Bilasizmi?

O‘zbekiston elchixonalarida 1 iyuldan yangi lavozim paydo bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalaridagi elchixonalarida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimi paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri.

“O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq, yangi lavozim 1 iyuldan joriy etildi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentga  qilgan murojaatida, O‘zbekistonning xorijiy vakolatxonalari faoliyatini tanqid qilib, ularning oldiga O‘zbekistonga sayyohlarni jalb qilish, va eksportni oshirish vazifalarini qo‘ygan edi.