Qarshi shahri "Yerqo‘rg‘on" dehqon bozorida 1 kg. un 2400 so‘mdan 3500 so‘mgacha sotilayotgan bo‘lsa, Respublikaning aksariyat bozorlarida ushbu mahsulot 3500-4000 so‘mdan aholiga yetkazib berilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zA.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan (oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jalik) mahsulotlar narxlarini o‘rganishni davom etadi.
Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2018 yil 16 sentyabr holatidagi narxlari.
Mol go‘shti
26 000 so‘mdan 41 000 so‘mgacha
Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go‘shti 26 ming so‘mdan 41 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlarni bir oydan buyon kuzatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bozorlarida uchratish mumkin – 26000 so‘m.
Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. mol go‘shti 26-40 ming so‘m.
Eng qimmat narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. mol go‘shti 30000 so‘mdan 41000 so‘mgacha sotilmoqda.
Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha
Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida bu hafta qo‘y go‘shti ham respublikaning boshq hududidan ko‘ra qimmatroq – 43000 so‘mdan 44000 so‘mgacha. Eng arzon narxlarni poytaxtning “Qo‘yliq”, "Mirobod", "Chorsu", “Farhod” bozorlarida uchratish mumkin – 1 kg. qo‘y go‘shti narxi 28000 – 40000 ming so‘m.
Tovuq go‘shti
11 000 so‘mdan 20 500 so‘mgacha
Eng arzon tovuq go‘shti Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 11000-12000 so‘m. Eng qimmat narxda ushbu mahsulot Farg‘ona markaziy dehqon bozorida sotilmoqda – 15500 – 20500 so‘m. Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go‘shti o‘rtacha 17000 so‘mdan iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.
Guruch
3 500 so‘mdan 15 000 so‘mgacha
Respublika bozorlarida guruchni o‘rtacha narxda 5000-10000 so‘mgacha uchratish mumkin. Biroq, bir necha haftadan buyon Farg‘ona markaziy dehqon bozorida guruch narxi qimmatligicha qolmoqda. Masalan, o‘tgan haftada ushbu bozorda 1 kg. guruch 5500-12500 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, hozirda uning narxi 5000 – 15000 so‘mdan sotilmoqda. O‘tgan haftada kuzatilganidek, eng arzon guruch Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 3500 – 11000 so‘m. Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozorida guruch boshqa bozorlarga qaraganda arzonroq – 4200 – 9500 so‘m.
O‘simlik yog‘i
8000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha
Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. o‘simlik yog‘i 8000-12000 so‘mdan sotilmoqda. Ushbu mahsulotning eng qimmati Samarqand shahri "Siyob" bozorida – 10000-12000 so‘m. Eng arzon narxlar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida o‘zgarishsiz qolmoqda – 8000-15000 so‘m.
Un
2400 so‘mdan 4 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qarshi shahri "Yerqo‘rg‘on" dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. 1-navli un 2400 so‘mdan 3500 so‘mgacha. Respublikaning aksariyat bozorlarida ushbu mahsulot 3500-4000 so‘mdan aholiga yetkazib berilmoqda.
Shakar
4000 so‘mdan 5 200 so‘mgacha
Eng qimmat narxlardagi shakar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 4400-5200 so‘m. Eng arzoni esa Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 4000-4200 so‘m.
Tuxum
300 so‘mdan 600 so‘mgacha
Bu haftada ko‘plab bozorlardagi tuxum narxlari o‘rtacha 400-500 so‘mdan sotilmoqda. Eng arzon narx Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 300-600 so‘m.
Kartoshka
1000 so‘mdan 3000 so‘mgacha
Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kg. kartoshka 2000-3000 so‘m. O‘tgan haftalarda Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kartoshka boshqa hududlarga qaraganda qimmat (1500-3000) edi. Bu hafta narxlarning sezilarli pasaygani kuzatildi 2000-2200 so‘m. Eng arzon narxlardagi kartoshka Yunusobod dehqon bozorida – 1000-2000 so‘m
Pomidor
3000 so‘mdan 8000 so‘mgacha
O‘tgan haftada kuzatilgani kabi bu haftada ham mamlakat bozorlarida ayni mavsum bo‘lishiga qaramay pomidor narxi qimmatligicha saqlanib qolmoqda. O‘rtacha ushbu mahsulot 3000-5000 so‘mda sotilayotgan bo‘lsa, ayrim bozorlarda 7000 ("Qo‘yliq" dehqon bozori) so‘m, 8000 (Chorsu dehqon bozori) so‘m, 9000 (Yunusobod dehqon bozori) so‘mda ham uchratish mumkin.