O‘zbekiston valyuta birjasida yevroning kursi 9 210 so‘mga tushdi, bu — may oyi oxirida yevro bilan tijorat qilish boshlanganidan buyon qayd qilingan eng past ko‘rsatkichdir, deb yozmoqda Daryo.uz.
8 may kuni yevro O‘zbekiston birjasiga kirib kelgan, shunda uning qiymati 9 800 so‘mga teng bo‘lgan. Bir necha kundan keyin yevro kursi 9 901 so‘mga ko‘tarilgan. Keyinroq kurs tushishni boshlagan. Yetti kun ichida yevro 400 so‘mga arzonlagan. Natijada rekord darajadagi past ko‘rsatkich — yevroning 9 210 so‘mga tengligi qayd etilgan.
Joriy haftada qiziq bir holat kuzatilgan — Markaziy bank kursi birja ko‘rsatkichlaridan pastroq. Odatda bu holatning aksi kuzatilar edi.
Markaziy bank tomonidan yevroning qiymati 9 150 so‘m sifatida ko‘rsatilgan. Bu ham valyuta liberalizatsiyasidan (valyutaga nisbatan taqiqning bekor qilinishi) keyingi davrda qayd qilingan eng past ko‘rsatkichdir. Qishda yevro kursi 10 200 so‘mga teng bo‘lgan. Boshqa valyutalarga (Qozog‘iston tengesi, Rossiya rubli, AQSh dollari) nisbatan ham yevro kursi pasayib borayotganini ko‘rish mumkin, biroq ularning ko‘rsatkichlari dinamikasi so‘mga nisbatan kuzatilayotgan vaziyatchalik keskin emas.
Avvalroq, Markaziy bank iqtisodiyotdagi dollarizatsiya darajasini pasaytirish ishlarini boshlagani to‘g‘risida xabar qilingan edi.