Bilasizmi?

O‘zbekiston AQShda o‘tkazilgan yadroviy xavfsizlik bo‘yicha seminarda ishtirok etdi

Vashingtonda 10-12 iyul kunlari yadroviy kontrabandaga qarshi kurash bo‘yicha birinchi mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, Tojikiston, Turkmaniston vakillari hamda Atom energetikasi xalqaro agentligi va Interpol mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminar AQSh va Xitoy tomonidan tashkil etildi. Ishtirokchilar yadroviy va radiatsion xavfsizlik, yadroviy va radioaktiv materiallarni qidirish va noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish hamda bunday jinoyatlarni tekshirishda kriminalistika xususiyatlarini o‘rganishdi.