27 aprel kuni Farg‘onada O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara mahkamalari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar qildi.
Tomonlar chegara xavfsizligiga bo‘layotgan asosiy zamonaviy tahdidlarni muhokama qilib, 2018 yil birinchi chorak davomida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasini himoya qilish bo‘yicha faoliyat yakunlarini o‘tkazdi. Shuningdek, chegaralarni himoya qilishning dolzarb masalalari va o‘zaro maslahatlashuvlar asosida ularni hal etish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida chegarachilarning xulq-atvor tartiblarining yangi tartibi tasdiqlanib, ikki davlat chegara mahkamalari hamkorligining asosiy yo‘nalishlari kelishib olindi.