30 iyul kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Avval “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi 1 avgustdan tizimda ishlab chiqarilayotgan mashinalar narxi rasman oshishi haqida ma’lumot bergandi.
Shuningdek, Sh.Umurzoqov mashinalar raqobatdosh bo‘lishi uchun narxni 30 foizga tushirish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
“Butlovchi qismlarning narxini 20 foizga tushiramiz. Tez emas, asta-sekin. Bu hali bo‘lmagan voqea. Yil oxirigacha butlovchi qismlarning narxi 20 foizga tushirilsa, avtomobil narxini 9 foizga tushirishga erishamiz. Ishonch bilan aytamanki, keyingi yil avtomashinalar narxi, albatta, tushadi”, deya va’da berdi “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Sh.Umurzoqov.