Bilasizmi?

Nima uchun Ronaldu Messidan kuchli? Bunga 5 sabab bor

2015 yil, Leo Messi o‘zining beshinchi “Oltin to‘p”ini qabul qilib oldi. Krishtianu Ronaldu 30 yoshga kirdi va asosiy raqibidan ortda qolmoqda.

Oradan ikki yil o‘tib, dunyoning eng yaxshisiga aylanmoqda va uning to‘xtash niyati yo‘q.

“Yetti nafar bolalarim va shuncha “Oltin to‘p”im bo‘lishini xohlayman”, - deydi futbolchi baland ovozda.

Agarda ambitsion ravishda solishtiradigan bo‘lsak, baribir u eng yaxshisi bo‘lib qolmoqda.

Ronaldu o‘zining namunali faoliyati davomida ko‘rsatdiki, odam o‘z orzulariga yetishsa bo‘ladi.

Portugaliyalik futbolchi, Leo Messini har tomonlama ortda qoldirdi. 32 yilda beshinchi “Oltin to‘p” – g‘alabaning so‘nggi nishonasi.

Ronaldu o‘zini o‘zi mashhur qildi

Yosh Ronaldu Manchesterda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘la olmasdi.

Yorqin debyut, biroq undan keyin ikki omadsiz mavsumni o‘tkazadi. O‘zini qidirish esa yuqori bosim beradi odamga.

Ungacha Leo Messini xuddi “uy guli”dek Xavi va Inesta parvarishladi. Krishtianu esa dunyoning eng zo‘ri bo‘lishga intildi.

Portugaliyalik futbolchi Ruud van Nistelroy bilan janjalga bordi va Runi bilan kichik tortishuvdan keyin jamoadan ketishni istadi.

Ronaldu yildan yilga qattiq mehnat qildi va buni davom ettirmoqda. Tabiat uningdek iqtidorni Leo Messiga bermadi.

Faqatgina mashg‘ulotlar bu ikki futbolchini “o‘zga sayyoralik”ka aylantirdi.

“Dastlabki, ikki-uch kunda uning ustidan tinimsiz kulardik. U esa har doimgidek o‘z ishini bajarardi.

Bugun Krishtianuning o‘zi ham “Yunayted” haqiqiy erkak qilib tarbiyalaganini tushunmoqda”, - deydi sobiq futbollchi Gari Nevill.

Ikki har xil turnirdagi omad

Messi – bir jamoaning a’zosi. Argentinalik futbolchi butun faoliyatini qulay zonada o‘tkazdi.

U ilk kundanoq afsonaviy futbolchilaridek harakat qildi va “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchiga aylandi.

Ronaldu har yili o‘z o‘yinini mukammallashtirib bordi. Barcha hujumchilardek gol urishga emas, qanotlarda fintlar qilishga ham urunib ko‘rdi.

Krishtianuni “Barselona”dagi Messi kabi “Yunayted”da bunday qo‘llab quvvatlashmagandi.

Portugaliyalik titullar olish uchun reputatsiyalar qilishga majbur bo‘ldi. Messi o‘z sheriklari bilan barchasiga tayyor bo‘lib, Yevropani zabt etayotgan bir vaqtda Ronaldu bunga tayyorlanayotgandi.

Messi ham Premer-ligada mana shunday omadli qatnasha olarmidi?

Bu shunday savolki, unga javob berish ham mushkul.

Ronaldu 2007/08 yilgi mavsumda 34 o‘yinda 31 gol urdi va jamoasini YeChLdagi muvaffaqiyatida katta hissa qo‘shdi.

Xuddi bunday voqealar uning boshqa hayotida bo‘lgandek.

Hali hech kim o‘zining ilk “Oltin to‘p”ini olganidan keyin, shu natijani 9 yildan so‘ng ham qaytara olmagan.

“Buyuk Messi terma jamoasi yoki boshqa klublarda mana shunday natijalarga erisha olishi mumkindir, biroq bunga ishonish qiyin.

U har doim boshqa sharoitlarda o‘ynay olishi mumkinligini ko‘rsata olishi kerak”, - Mino Rayola.

Ronaldudagi barcha “Oltin To‘p”lar – obektiv sovrinlardir

Krishtianu hali biror marta ham individiul sovrinlar bilan taqdirlanmadi.

2008 yil – jamoaning eng yaxshi futbolchisi. 2013 yilda nazariy olib qaraganda bir o‘zi termasini Jahon chempionatiga olib chiqdi.

O‘sha vaqtda u yana bir rekordni qayd etdi. Unda Krishti saralashda eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.

Bir yildan keyin Ronaldu “Real” bilan YeChLni zabt etdi.

Krishtianu Ronaldu – jamoaning o‘tgan mavsumdagi eng yetakchi futbolchisi.

Lionel Messi ham o‘z “Oltin to‘p”larini haqli ravishda qo‘lga kiritdi. Uning hayotida bitta ham qora belgi yo‘q.

Biroq nima uchun unga 2010 yilda “Oltin to‘p” berildi?

O‘shanda Inesta va Xavi jahonni zabt etganida, Messi jamoasi bilan YeChLning finaligacha yetib bora olmadi.

Terma jamoa

Lionel Messi va terma jamoasi – bu argentinalikning qora chizig‘idir.

Ronaldu o‘zining yosh va unchalik kuchli bo‘lmagan sheriklari bilan Yevropani zabt etdi. Leo esa hali ham termadagi ilk sovrinini kutmoqda.

Shu boisdan ham ularni solishtirish kulgili. Argentina o‘zining yulduzli tarkibi bilan Amerika Kubogida uch bora omadsizlikka uchradi.

Hattoki o‘sha vaqtda Braziliya ham “knok-down” holatida edi.

Ko‘pchilik Leoning Amerika Kubogi-2016dagi finalini eslashadi. Yakun qanday bo‘ldi? Mag‘lubiyat.

“Maradona – u shunchaki futbolchi emas, yetakchidir. U har doim yakka o‘zi qanday yutish kerakligini bilgan.

Messida esa bunday sifatlar yo‘q. Uning harakatlari esa futbolda ta’qiqlanmagan.

Maradona har daqiqada oyog‘i sinishi mumkinligini bilgan holda ham yaxshi “ijod qilgan”, - Ruud Gullit.

Statistika

Agarda ularning golli harakatlarini solishtiradigan bo‘lsak, Krishtianu Messini ancha ortda qoldiradi. Uning “Real”dagi grafigi – o‘yinidan gollari ko‘proq.

Messida esa bu natija bir o‘yinda o‘rtacha 0,8taga teng. Ronaldu – tarixdagi birinchi futbolchi. U 6 mavsumdan beri 50tadan ortiq gol urmoqda.

2017 yil

“Oltin to‘p”ni Ronalduga berish - ko‘pchilikning norozligiga sabab bo‘ldi.

Biroq o‘tgan mavsum portugaliyalikning hayotidagi eng zo‘ri bo‘ldi. “Real” Ispaniya chempionatini yutib oldi, tarixda ilk marta bir klub YeChLda ketma ket ikkinchi bor zafar quchdi.

Ronaldu esa har bir uchrashuvda o‘zining yetakchi ekanligini ko‘rsatdi.

“Ishonaman, mana shunday darajada yana bir necha mavsum o‘ynay olaman. Messi bilan raqobatimiz davom etadi”, - deya aytib o‘tdi Krishtianu Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik 32 yoshli futbol yulduzi bugun, 8 dekabr kuni “France Football” nashri tomonidan taqdim etiladigan “Oltin to‘p” sovriniga ega bo‘ldi.

Shuningdek, mazkur sovrin qo‘lga kiritilgandan so‘ng o‘z munosabatlarini bildirib o‘tgandi.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: Qalampir.uz