Nemis psixoterapevti Nossrat Pezeshkian inson tanasida xastaliklar keltirib chiqaradigan so‘zlarni aniqlab, ularni batafsil o‘rganib chiqib, ularning hayot uchun chindan ham xavfli ekaniga amin bo‘ldi.
Tana a’zolari ishtirokidagi nutq, ya’ni tana a’zolari ishtirokida salbiy mazmunga ega gaplarda inson quvvatini so‘rib oluvchi yashirin kuch bor ekan.
Misol uchun: "toqatim toq bo‘ldi", "boshim achib ketdi", "yuragimni kemirdi", "jigarim ezilib ketdi", "peshonam sho‘r ekan", "nafasim bo‘g‘ilib ketdi", "qonimni ichdi", "siqib suvimni ichdi" kabi so‘zlarni ko‘p ishlatish har qanday sog‘lom insonning salomatligiga putur yetkazar ekan.
Biz bularni metafora yoki chiroyli so‘z o‘yini deb qabul qilamiz, ammo bular aslida tanamizga buyruq bo‘lib yetib kelar, tanamizga ularga bo‘ysunar ekan.
Tilimizda ifodalanayotgan so‘zlar shunchaki xabar yetkazib qolmasdan, kasalliklarni ham shakllanishiga sabab bo‘lar ekan. Boisi miya inson tanasining boshqaruvchisi sifatida egasiga bilintirmagan holda o‘zida ifodalanayotgan holatlarni tanada yuzaga keltirar ekan.
Tadqiqot davomida minglab kasalmand insonlarning so‘z boyligi va ko‘p ishlatadigan so‘zlari, ayniqsa salbiy ta’sirga ega bo‘lgan so‘kish so‘zlari o‘rganilib, taqqoslab ko‘rilgan.
Quyidagi so‘zlar kasallikni chaqirib, qo‘llab-quvvatlaydi:
"Ko‘nglimni behuzur qildi", "biror nima hiqildog‘iga kelmoq", "qalbim ag‘dar-to‘ntar bo‘ldi" kabi gaplar asab tizimini ishdan chiqarsa, "G‘am yuki yelkamga tushdi", "G‘amdan belim bukildi" kabi gaplar osteoxondroz. ya’ni umurtqalar bilan bog‘liq kasalliklarni, "Meni g‘am yeyapti", "umrimni nimadir zaharlayapti", "o‘zim o‘zimga begona", "hayotdan to‘yib ketdim" kabi gaplar saratonga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, o‘z-o‘zini yomon ko‘rish, achchiqlanish, odamlarni yoqtirmaslik kabi odatlar oshqozon va ichak kasalliklarini keltirib chiqarar ekan.
"Jig‘ildonini teshib chiqmoq", "Buyrakdagi toshday", "o‘lgunicha ishlamoq" – urologik xastaliklarga, "jahliga erk berish", "kimgadir tupurib qo‘ymoq”, "jig‘ildonidan bo‘g‘moq" –bronxial astma yoxud ziqqinafaslik, "qonini ichmoq", "suvini siqmoq", "jonimdan o‘tib ketdi" – qon kasalliklariga sabab bo‘ladi.
"Ko‘nglimga yaqin oldim", "yuragim portlab ketadi", "yuragimga tegdi" – yurak xastaliklarini yuzaga keltirar ekan.
Turmush tarzimizda bunday salbiy quvvatga ega so‘zlarni ko‘plab topish mumkin.
Misol uchun, "Ko‘zlarim ko‘r ekan", "Tilim qursin", "Esim qursin", "Hayotim zaharlandi" kabi so‘zlarni ishlatishdan naf yo‘q. Ular hayotimizni battar og‘irlashtirishi mumkin.
O‘zbek xalqida qarg‘ishning yomonligi, u har ikki tomonga xosiyatsizlik olib kelishi aytiladi. Shuningdek, bu kabi yomon gaplar ham umrimizni va salomatligimizni shikastlaydi. Ya’ni, biz nimani gapirsak – biz o‘shamiz.
Doimo sog‘-salomat bo‘ling!