Olloh taoloni bizga bergan ne’matlarini bir tafakkur qilsak, xuddiki inson ne’matlar yomg‘iri ostida qolib, yomg‘irlardan xosil bo‘lgan daryoda suzib yurgandek bo‘ladi. Chunki bizga berilgan ne’matlar haqida chuqurroq tafakkur qilsak, o‘zimizni ne’matlar daryosida suzib yurganligimizga zarracha shubha qilmaymiz.
Endi bir o‘zingiz tasavvur va tafakkur qilib ko‘ring. Birgina barmog‘i yo‘q inson, beshta barmog‘i yo‘q insonni ko‘rganda ne’mat qadrini biladi. Besh barmog‘i yo‘q inson, bir qo‘li yo‘q insonni ko‘rganda ne’mat qadrini biladi. Bir qo‘li yo‘q inson, ikki qo‘li yo‘q insonni ko‘rganda ne’mat qadrini biladi. Ikki qo‘li yo‘q inson, oyog‘i yo‘q insonni ko‘rganda ne’mat kadrini biladi. Oyog‘i yo‘q inson, qulog‘i eshitmaydigan insonni ko‘rganda ne’mat qadrini biladi. Qulog‘i eshitmaydigan inson, ko‘zi ko‘rmaydigan insonni ko‘rganda ne’matni qadrini biladi. Ko‘zi ko‘rmaydigan inson, aqliy-ruhiy kasal insonlar haqida bilganda ne’mat qadrini biladi. Aqliy-ruhiy kasal insonlar, qiyomat tarozisi oldida xamma a’zolari sog‘-salomat insonlarni ko‘rganda ne’mat qadrini biladi.
Akmal Kurbanov