Bilasizmi?

Namanganda avtomobil ishlab chiqariladigan yangi​ zavod quriladi

Namangandagi «Foton do’stlik servis» MChJ Xitoyning «Foton Motor» shirkati bilan hamkorlikda Namangan viloyatining Pop shahrida «FOTON» rusumli o‘rta hajmli Xitoy yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasini boshladi. Bu haqda «Vodiy media» nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, umumiy loyiha qiymati 25 million AQSh dollari bo‘lgan bu zavodni joylashtirish uchun 15 gektar maydon va bo‘sh turgan eski zavod binosi nol qiymatda taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasining sarmoyasi 51%, xitoylik hamkorlarning hissasi esa 49 % ga teng bo‘lgan bu zavod yillik 15 ming dona «Foton Forland» o‘rta hajmli yuk avtomobillari ishlab chiqaradi. Mustaqillik arafasida ilk mahsulotni konveyerdan chiqarish rejalashtirilgan.

Bugungacha Xitoyning «Foton Motor» shirkatining O‘zbekistondagi distribyutori sifatida faoliyat yuritgan «Foton do’stlik servis» MChJ bu yangi zavodda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan 4 ta rusumdagi avtomobilning to‘la ishlab chiqarish huquqini qo‘lga kiritdi.

Yangi zavodda dastlab 100% xorijiy butlovchi qismlardan foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, keyinchalik qismlarni muttasil ravishda maksimum darajada mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda.