Ish

Muvaffaqiyatli "biznes reja"ning 8 ta muhim asosi

Bines qilish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish hech bo‘lmasa bir marta xayolingizga kelgan bo‘lishi tabiiy. Buning uchun faoliyatni boshlashdan oldin yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan biznes turinini foydali yoki zararli, faoliyat davrlarini, xarajat, foydalarini texnik maketini tuzish kerak bo‘ladi. Bu maket iqtisod tilida “BIZNES REJA” deyiladi. Kredit olish maqsadida bankka murojaat qilgan vaqtda ham albatta biznes reja taqdim etish kerak.

Biznes-rejaning tarkibiy qismi:

►Biznes tavsifi.

►Biznes maqsadi .

►Biznesning yuridik maqomi.

►Ishlab chiqarish jarayonining tavsifi.

►Marketing yondashuvi.

►Moliyalashtirish rejasi.

►Xodimlar bilan ishlash rejasi.

►Ish rejasi (grafigi)

►Xulosa

  1. Biznes tavsifi:

►O‘z biznes g‘oyangizni yozing.

►Siz tomondan taklif etilayotgan mahsulot yoki xizmat turi haqida ma’lumot bering.

►Fikrlaringizni aniq ma’lumotlar asosida bayon qiling.

  1. Biznesning maqsadi:

►Biz kimning talablarini qondirishga urinyapmiz?

►Biz mijozlarimizning qaysi extiyojlarini qondirmoqchimiz?

►Biz ushbu talablarni qanday qondiramiz?

  1. Biznesning yuridik maqomi:
  • Qaysi shaklda biznesingizni ro‘yxatdan o‘tkazasiz? Misol uchun, “mas’uliyati cheklangan jamiyat”, “oilaviy tadbirkor”, “yakka tartibdagi tadbirkor”.
  • Ushbu huquqiy maqomni tanlashingizni sababi nimada?

Ishlab chiqarish jarayoning tavsifi:

  • Siz nima ishlab chiqarasiz yo qanday xizmat ko‘rsatasiz?
  • Ushbu jarayon qanday amalga oshadi?
  • Ishlab chiqarishning (xizmatingizning) har bir bosqichini qisqacha bayon qiling.
  1. Marketing:
  • Siz qanday maxsulot ishlab chiqarasiz?
  • Uning o‘ziga xos xususiyatlari?
  • Biznesdagi muhim hamkorlar kimlar, qaysi doiradan?
  • Bozordagi ulushingiz qanday bo‘ladi?
  • Narx qo‘yish qaysi tizimga asoslangan?
  • Sotish kanali
  • Qanday reklamadan foydalanasiz?
  • Mijozlarga qanday qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish turlarini taklif etasiz?
  • Raqobatchilar tahlili.
  • O‘z ishingizni boshlash uchun kerak bo‘ladigan kapital.
  1. Moliyalashtirish rejasi:

Sotuvdan tushgan tushum hajmi qancha?

Moliyaviy natijalar hisobi.

  1. Xodimlar:
  • Biznesni muvaffaqiyatli olib borish uchun rahbar xodim boshqarishning ba’zi tamoyillarini bilishi kerak.
  • Ko‘p sohalarda biznes muvaffaqiyati xodimlarga bog‘liq.
  • Korxonada o‘z ishi va sharoitidan qoniqadigan ishchilar faoliyat ko‘rsatishlari kerak.
  1. Ish reja
  2. Xulosa...

Yuqoridagi barcha savollarga javob berib chiqsangizgina sizning biznes rejangiz foyda yoki zarar keltirishini bilib olasiz va biznesni yo‘lga qo‘yish yuzasidan so‘nggi qarorga kelasiz.