Bilasizmi?

Muvaffaqiyatga erishgan tadbirkor Bob Parsonning 16 ta hayotiy qoidasi

1.O‘zingizga qulay bo‘lgan hududdan chiqib, undan uoqroq turing.

Biz o‘zimiga qulay bo‘lgan joyda bo‘lganimizda, ahamiyatga ega bo‘lgan hech narsa sodir bo‘lmasligiga ishonaman. Odamlar ko‘pincha «Menga barqarorlik kerak» deb aytishlarini eshitaman. Men bunga shunchaki «Barqarorlik oddiy odamlar uchun» deb javob beraman.

2. Hech qachon taslim bo‘lmang.

Birinchi urinishda kamdan-kam holatda nimagadir erishiladi. Siz bunda nimagadir erishmagan bo‘lsangiz, hech qanday ish chiqmaydi, degan xulosaga borish kerak emas. Bu ishonchli yondoshuvni tanlaganingizni anglatadi. Agar bu oson bo‘lmasa, har bir odam uni bajarishi va siz o‘zingizni ko‘rsatishga hech qanday imkon qolmasdi.

3. Agar siz taslim bo‘lishga tayyor bo‘lsangiz, o‘z taxminingizdan ko‘ra maqsadga yaqin turgan bo‘lasiz. Men qadrlaydigan va haq deb bilgan eski Xitoy maqoli bor: «G‘alabagacha bir oz muddat asosan kuchlilar vasvasaga taslim bo‘lishadi».

4. Sizni bezovta qilayotgan barcha jihatlarga tegishli: sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yomon narsalarni oldindan inobatga oling. Bu «yomon» narsalar qanday ko‘rinishda bo‘lishini mayda tafsilotlarigacha tushunib oling. «Ma’lum» voqealarning yomon rivoji juda kam holatda «noma’lum» voqealar rivojidan og‘ir bo‘ladi.

5. O‘z istaklaringizga e’tiborli bo‘ling, fikrlar moddiylashini unutmang. Barchasi aynan siz o‘ylagandek sodir bo‘ladi.

6. Bir kunda uddasidan chiqish mumkin bo‘lgan ish hajmiga kirishing. Sizning vaziyatingiz qanchalik murakkabligi ahamiyatga ega emas. Kelajakka tikilmasdan, ayni damda sizning oldingizda turgan odatdagi vazifalarni hal etishga e’tibor qaratsangiz, ularni uddasidan chiqish mumkin. Siz har qanday muammoni kunlik vazifalarga bo‘lib tashlab, hal qilishingiz mumkin.

7. Doim olg‘a intiling.

Kelajakka sarmoya kiritishni, kamolotga yetishishni, yangi nimadir qilishni to‘xtatmang. O‘z ishingini yaxshiroq qilishda to‘xtasangiz, u tamom bo‘lishni boshlaydi. Hech bo‘lmaganda har kuni yaxshi bo‘lish uchun kichkina bo‘lsa ham maqsad qo‘ying.

8. Qarorlarni tezda qabul qiling.

Fuqarolik urushida general Tekumsi Sherman shunday degan edi: «Bugun bajarilgan yaxshi reja ertaga amalga oshadigan zo‘r rejadan yaxshiroqdir».

9. O‘zingiz uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalarni chamalab, baholang. Bu haqiqat. Nazoratingiz ostida bo‘lgan va chamalangan narsalar rivojlanadi.

10. Nazoratsiz qoldirilgan narsalar barpod bo‘ladi. Agar o‘zingizga noma’lum bo‘lmagan muammolarni aniqlamoqchi bo‘lsangiz, qanchadir vaqt davomida e’tiboringizsiz qolgan sohaga nigohingizni qarating. Muammolar aynan shu yerda bo‘lishiga kafolat beraman.

11. Raqiblaringizni kuzatib boring, lekin ko‘proq e’tiborni o‘zingiz shug‘ullanayotgan ishga qarating. Raqiblaringizni kuzatayotganingizda, esda tuting, uzoqdan masofadan qaraganda barcha narsalar yaxshi bo‘lib ko‘rinadi. Hatto sayyoramiz uzoq masofaga uchib ketsa maskan bo‘lib ko‘rinaveradi.

12. Hech kimga va hech qachon sizni qo‘rqitishlariga yo‘l qo‘ymang. Bizning jamiyatimizda tenglik bo‘yicha qonunlarimiz va shart-sharoitlarimizda boshqalar kabi o‘z ishingiz bilan istaganingizcha shug‘ullana olasiz. Shart shundaki, sizning faoliyatingiz qonuniy bo‘lishi kerak.

13. Hech qachon hayotdan adolatni kutmang. Hayot adolatsiz. Siz o‘zingizga to‘siqlarni yaratasiz. Agar siz uchun yagona ma’lum adolat avtobusda yo‘l haqi to‘lovi bo‘lsa, yomon bo‘lmaydi. (tarjimoning izohi: bu yerda so‘z o‘yini ketmoqda: fair (adolat) i fare (yo‘l haqi uchun to‘lov).

14. SONY korporatsiyasining asoschisi Masura Ibuka ishonch bilan qayd etgan «Siz boshqalarni shunchaki kuzatsangi, hech qachon texnologiya, biznes yoki qandaydir boshqa sohada muvaffaqiyatga erisha olmaysiz». O‘z muammolaringizni o‘zingiz hal qiling. Muammolaringizni mustaqil ravishda hal qilsangiz, binesning oldingi tomonida bo‘lishingizni ko‘rsatasiz. muammolaringizni hal qilish

15. O‘zingizni haddan tashqari jiddiy muhokama qilmang. Ko‘pincha erishgan narsalaringizning kamida yarmi – bu muvaffaqiyatning natijasidir. Hech birimiz o‘z hayotimizni o‘zimiz nazarda tutgandek

nazorat qila olmaymiz.

16. Hayotda doim tabassum qilish uchun sabab bo‘ladi. Uni toping. Sizga omad kulib boqqan, chunki siz tiriksiz. Hayot qisqa.

Xurshida Xonim