Bilasizmi?

Muhammad Alining o‘g‘li $80 mln. meros olib, xotini va qizlaridan voz kechdi

To‘satdan kelgan boylik insonni bir zumda o‘zgartirib yuborishi turgan gap. Afsonaviy boks qiroli bo‘lmish Muhammad Alining vafotidan so‘ng katta miqdorda boylikni qo‘lgan kiritgan kichkina Muhammad Ali otasining o‘limiga bir oy bo‘lar-bo‘lmas xotini va bolalaridan voz kechdi.

Ring qirolining o‘g‘li otasidek jasur bo‘lmadi. U qo‘rqoq, tengdoshlaridan kaltak yeb yuradigan bola bo‘lib ulg‘aydi. Hatto chempionning ham o‘g‘li kaltak yeyishi mumkinligini ko‘rsatib qo‘yib mashhur bo‘lish uchun ham unga mushtumzo‘rlik qiladiganlar ko‘p bo‘lgan. Kichkina Ali o‘smirligida giyohvand moddalarga mukkasidan ketib, bekorchilikni o‘ziga odat qilgan. U ancha yillar oldin uni yo‘lga solishni istagan otasi va oilasi bilan aloqalarni uzgan bo‘lib, xasta otasining holidan xabar olmay qo‘ygan. Xotini va ikki qizi esa dangasa er bilan qo‘l uchida kun ko‘rishgan.

Kichkina Ali har doim otasini uni moliyaviy va ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlamaganlikda ayblab kelgan. Kichkina Aliga yaqin manbaalarning aytishicha, bokschi oqibatsiz o‘g‘liga $80 million dollar mablag‘ meros qoldirgan. Xotiniga o‘ziga yoqqan biror nima, qizlarga oyoq kiyimi xarid qilishi uchun 75 dollar pul bergan Kichkina Ali ayni kunda oilasini tashlab, Chikagodagi hashamdor bir uyga ko‘chib o‘tgan. Ha, uning so‘nggi qaroriga qarab turib, otning bolasi ba’zida eshshak bo‘lib chiqishiga amin bo‘lish mumkin.