Muborakdagi markaziy B.Vafoyev o‘yingohida sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi Uz24.uz. Tantanali marosimni Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev kirish so‘zi bilan ochib tadbir ishtirokchilari va tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi (MGQIZ) tomonidan g‘oliblarga Cobalt avtomashinalari topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, paralimpiya musoboqalarida sportning suzish turi bo‘yicha Fotima Amilova uchta medal - oltin, kumush, bronza, Shoxsanam Toshpo‘latova - ikita bronza, Dimitriy Xorlin esa kumush medalini qo‘lga kirtishdi.