Bilasizmi?

Moskvada Prezident Islom Karimov haykali o‘rnatilishi mumkin

Rossiya federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning haykali o‘rnatilishi mumkin, deb yozadi riamo.ru sayti.

«Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi yaqinida muxtaram Karimovning haykalini, albatta, o‘rnatish kerak va yodgorlik uchun munosib joyni belgilash juda muhim. Bu xalqimiz birodarligining ramzi bo‘ladi», - deydi Madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha Moskva shahar Dumasi raisi Yevgeniy Gerasimov.

U, shuningdek, Islom Karimovning O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari rivojida va o‘zbek xalqining farovonligi yo‘lidagi xizmatlari beqiyos ekanini ta’kidladi.

«U Sobiq ittifoq davrida va undan keyin ham ko‘plab millatlarni birlashtirgan yetakchi edi. U ko‘plab odamlarning hurmatini qozongan ulkan shaxs. Karimov tinchlik va ahillikni ta’minlash uchun juda ko‘p mehnat qildi, - deydi Gerasimov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2016 yilning 2 sentyabr kuni og‘ir hastalikdan so‘ng, 78 yoshida vafot etdi va 3 sentyabr kuni tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga dafn qilindi.