Bilasizmi?

Moliya vazirligi 2018 yilning birinchi yarmida 279,2 mlrd so‘mlik kamomad va noqonuniy xarajatlarni aniqladi

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Moliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Boshqarma tomonidan jami 2 837 ta nazorat tadbiri o‘tkazildi. 2 334 ta holatda moliyaviy intizomga rioya qilinmagani fosh etildi. 2018 yilning birinchi yarmida 279,2 milliard so‘mning noto‘g‘ri sarflangani ma’lum bo‘ldi. Shundan kamomad va o‘zlashtirishlar 35,9 milliard, noqonuniy xarajatlar 122,6 milliard so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan 120,7 milliard so‘mning maqsadsiz sarflangani aniqlandi.

Noto‘g‘ri sarflangan 56,8 milliard so‘m belgilangan tartibda tiklandi. 1 547 ta holat bo‘yicha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.